Vatan himoyasi — sharaf va mas’uliyat timsoli

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan harbiy qism va kuch tuzilmalari ishtirokida tantanali hamda namoyishkorona saf yurishi tashkil etildi. Ushbu tadbir mamlakatimiz mudofaa salohiyati va harbiy xizmatchilarimizning yuksak mahoratini keng jamoatchilikka namoyon etdi.

Bayram tadbiri davomida jangovar va maxsus tayyorgarlik elementlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etilib, shaxsiy tarkibning yuqori darajadagi jismoniy chiniqqanligi, intizomi hamda kasbiy salohiyati yaqqol ko‘zga tashlandi. Har bir chiqish Qurolli Kuchlarimizning zamonaviy talablarga mosligi va har qanday vazifani sidqidildan bajarishga tayyor ekanini ifodaladi.

Tadbirda yoshlarning faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etdi. Bu esa ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy armiyamizga bo‘lgan faxr va iftixorni yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Mazkur saf yurishi Qurolli Kuchlarimizning qudrati, yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan fidokorona xizmatning yorqin ramzi sifatida barchada chuqur taassurot qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun