Yoshlar muammolari o‘rganildi

Date:

Termiz tuman hokimiga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda yoshlarning kundalik turmush tarzi, yashash sharoiti, tarbiyasi, xulq-atvori hamda qiziqishlari atroflicha o‘rganildi.

Muloqot jarayonida har bir yoshning muammolariga alohida e’tibor qaratilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi. Xususan, yoshlarni ta’lim olishga yo‘naltirish, kasb-hunar egallashga rag‘batlantirish hamda ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida 7 nafar yoshning mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Mazkur tashabbus yoshlarning kelajagini qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy faollikka jalb etish va hayotda o‘z yo‘lini topishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun