IBRAT

Date:

Fotih Sulton Mehmet Xon bolaligida juda sho‘x, to‘polonchi bir o‘quvchi edi. Dars vaqtida qilgan to‘polonlari bilan ustozi Oqshamsiddinni jahlini chiqarar edi. Ustozi unga tanbeh bersa, darhol: “Men podshohning o‘g‘liman, hech narsa qilolmaysan”, deyishdan ham toymasdi.

So‘ngra bu haqida ustozi Oqshamsiddin otasi Murot Ikkinchiga ma’lum qiladi, Otasi esa unga pichirlab bir rejasini aytadi.

Ertasi kuni Mehmet darsda yana to‘polonini boshlaydi. Ustozining tanbehiga odatdagidek, otasi bilan tahdid javobini beradi. Ayni shu payt to‘satdan eshik ochilib, podshoh ichkariga kiradi. Bu holatdan g‘azablangan Oqshamsiddin podshohga qarab baqiradi. Bir tarsaki urib deydi: “Hech kim dars vaqtida ichkariga bunday tarzda kirishi mumkin emas”.  Izn so‘rab kirishi lozimligini aytib, tashqariga haydaydi.

Podshoh mahjub shaklda bo‘ynini egib, uzr so‘raydi va tashqariga chiqadi. Bu hodisa qarshisida Mehmetning tili kalimaga kelmay, nima qilishini bilmay qoladi. Ishongani – podshoh otasi ko‘z o‘ngida tarsaki yegan edi. Mehmetning ichki dunyosi ag‘dar-to‘ntar bo‘lgandi. Bir ozdan so‘ng eshik taqillaydi, va podshoh hijolatli holatda ichkariga uzr so‘rab kiradi. Reja ajoyib shaklda amalga oshgan edi. O‘sha kundan so‘ng, Mehmet aslo yaramaslik qilmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalliy biznes rivoji – milliy iqtisodiyot tayanchi

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan...

Gaz “teshiklari” yopilmoqda

Tabiiy gaz bugungi kunda dunyoda eng muhim energiya manbalaridan...

Bugunning ehtiyoji, ertaning kafolati

Har qanday davlatning rivojlanishi uning energiya ta’minoti bilan bevosita...

4 292 marotaba reyd

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy...
KunTun
KunTun