“Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim dasturiy hujjat sifatida yana bir bor o‘z ahamiyatini namoyon etdi.

Mazkur Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan Termiz tumanida joylashgan Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda texnikumning pedagog va xodimlariga Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ayniqsa, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Xususan, 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hamda “Kasblar shaharchasi” loyihalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlanib, mazkur tashabbuslar yoshlarni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Oldingi sahifaIBRAT
Keyingi sahifaRekonstruksiya ishlari boshlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun