Ta’lim amaliyot bilan uyg‘un

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari O‘zbekiston Milliy gvardiyasi huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida ikki haftalik bitiruv oldi amaliyotini o‘tadi.

Amaliyot davomida talabalar otchilik va hayvonchilikning zamonaviy tajribalari bilan tanishib, zotdor otlarni parvarishlash, mashq qilish va sog‘ligini nazorat qilish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

Shu bilan birga, Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi filiali professor-o‘qituvchilari talabalar uchun barcha sharoitlarni yaratib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Ushbu amaliyot talabalarga nafaqat kasbiy tajriba, balki otchilik sohasining sir-asrorlarini amalda o‘rganish imkonini beradi. Bu esa kelajakdagi kasbiy yo‘llarida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun