Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-oktabrda 3697-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur hujjat tijorat banklari faoliyatini yanada takomillashtirish, mijozlar bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni mustahkamlash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lovlarini kechiktirish yoki to‘lov jadvalini qayta tuzish imkoniyati beriladi. Bu chora vaqtinchalik daromad yo‘qotgan yoki faoliyati to‘xtab qolgan qarzdorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilmoqda.

Shuningdek, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar uchun mavjud kreditlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘n oygacha uzaytirilishi nazarda tutilgan. Bu orqali ayollarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning moliyaviy barqarorligini saqlash maqsad qilingan. Hujjatga muvofiq, agar bank arizani qanoatlantirishni rad etsa, bu haqda asoslantirilgan yozma xabarnoma arizachiga taqdim etilishi shart. Mazkur qaror mamlakat bank tizimida mijozlarga nisbatan yanada insonparvar yondashuvni yo‘lga qo‘yish, kredit munosabatlarida shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun