“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Date:

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman Kengashi kotibiyati, deputatlar hamda nuroniylar ishtirokida to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda 90 kunlik targ‘ibot dasturi taqdim etilib, marosimlarni ixcham va me’yorida o‘tkazish bo‘yicha aniq rejalar tushuntirildi. Endilikda har bir mahallada marosimlar mahalla jamoatchilik kengashi tasdig‘i bilan, aholining fikrini inobatga olgan holda tashkil etiladi.

Uchrashuvda ortiqcha dabdabachilik va isrofgarchilikning salbiy oqibatlari muhokama qilinib, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 589-son qarori mazmuni eslatib o‘tildi.

Mahalla raisi H. Jalilov maromiylikni targ‘ib etish, sarpo sonini qisqartirish, kuyov oshini ixcham shaklda o‘tkazish kabi takliflarni ilgari surib, bu tartiblar mahallada amaliyotga joriy etilishini ma’lum qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun