Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Date:

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik “To‘palang” suv omboridan suv tortish loyihasi doirasida Termiz shahridagi suv ta’minoti tizimini yangilash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan “Shimoliy darvoza” suv ishlab chiqarish inshootida bo‘lib, “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi Ahmad Suvankulov bilan loyihaning amalga oshirilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Tadbir davomida tarmoqlarni sifatli va belgilangan muddatlarda qurish, bosqichma-bosqich ishga tushirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, viloyat rahbari Turon mahallasida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylar, Ichki ishlar bo‘limi binosi hamda “Termiz daryo porti” faoliyati bilan tanishib, qurilish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun