360 o‘rinli bog‘cha qurilishiga start berildi

Date:

Prezidentimizning qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo etish hamda bolalarni ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichini 80 foizga yetkazishga qaratilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida yangi nodavlat bog‘chalar qurilishi izchil davom etmoqda.

Shu doirada Termiz shahridagi 5-sonli maktabning bo‘sh yer maydonida davlat-xususiy sherikchilik asosida 360 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishiga start berildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, qurilish ishlarini tasdiqlangan loyiha talablariga muvofiq va sifatli amalga oshirish, bolalar ta’lim-tarbiyasi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, viloyat rahbari 5-sonli maktabdagi ta’lim va sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun