“27 qozonda – 27 xil osh”

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalar turar joyida “27 qozonda – 27 xil osh” nomli oshpazlik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda turli viloyatlarga xos milliy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga namoyish etildi.

Tanlov jarayonida talabalarning ijodiy chiqishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar va quvnoq musobaqalar kechaga yanada shukuh bag‘ishladi.

Kechga yaqin esa gulxan atrofida “Bahrubayt” kechasi talabalar o‘rtasida do‘stona muhit va bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbirda universitet rektori Rasul To‘rayev  ham ishtirok etdi, u talabalarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va milliy taomlarni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratdi.

Tanlov g‘oliblari 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni tantanalarida e’lon qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun