Yangi sahifa, yangi orzular!

Date:

Termiz davlat universitetida  an’anaviy “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda kunduzgi kechki va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan 3000 nafardan ortiq birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan rektor shunday dedi:

“Hayot – bu kitob. Bugun siz bu kitobda yangi sahifa ochdingiz. Bu sahifa “Talabalik” deb nomlanadi. Uni oddiy qog‘oz deb qaramang — u orzular bilan yoziladi, mehnat bilan to‘ldiriladi, intilish bilan bezatiladi. Va u sizning kelajagingizga aylanadi. Har biringiz bu sahifada o‘z tarixingizni yozish imkoniga egasiz”.

Tadbir davomida har bir talabaning kitob javoniga asos bo‘ladigan kitob ulashildi, muqovasida bitilgan ezgu tilaklar tilga olindi. So‘z olgan talabalar bildirilgan ishonch va yaratilgan imkoniyatlar ularning zimmasiga mas’uliyat yuklayotganini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, Rektor stipendiyasi sohiblariga sertifikatlar  topshirildi.

Tantanali marosim universitet orkestri va badiiy jamoalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

XAVFSIZLIK — ENG MUHIM QADRIYAT

Inson hayoti va xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish...

Ko‘pyillik orzular ushaldi

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Surxondaryoda aholi, ayniqsa, yoshlarning sport...

852 nafar shaxs afv etildi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida insonparvarlik va kechirimlilik tamoyillarining...

Kitobga eltuvchi yo‘l yanada qisqaradi

Kitob inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi. Shu bois kitobxonlikni...
KunTun
KunTun