Germaniya taraqqiyot banki Angorda

Date:

Germaniya taraqqiyot banki (KfW) vakillarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Angor tumanida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov Germaniyalik mutaxassislar bilan tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Oqova suv tizimini qurish va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasidagi ishlarni muhokama qildi.

Tashrif davomida loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Angor tumanida umumiy uzunligi 40 kilometr bo‘lgan ichki kanalizatsiya tarmog‘i, 6,5 kilometr magistral liniya va quvvati 4 ming kub metr bo‘lgan oqova suvlarni tozalash inshooti qurilishi rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari tumanning 7 ta mahallasida amalga oshirilib, natijada 25 mingga yaqin aholi sog‘lom sanitariya muhiti bilan ta’minlanadi. Mazkur loyiha Germaniya taraqqiyot banki (KfW) hamkorligida hayotga tatbiq etilib, tuman infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun