Istiqbolli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Date:

Sherobod tumanida iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichi yo‘lga qo‘yilmoqda. Tuman hokimi Usmon Alimov va hokimning birinchi o‘rinbosari R. Jo‘rayev ishtirokida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar tog‘li hududlarda kaliy qazib olish, bu yo‘nalishda qo‘shma loyihalar tashkil etish va investitsion sheriklikni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Xitoylik tadbirkorlar Sherobod tumanining tabiiy boyliklari, sanoat salohiyati hamda investitsion muhit bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlarga O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, tayyor infratuzilma imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xitoylik biznes vakillari esa o‘z navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgani, sanoat tarmoqlarida katta o‘sish sur’atlari kuzatilayotgani va investitsion xavfsizlikning yuqori darajada ta’minlanganini e’tirof etib, Sherobodda qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma korxonalar tashkil etish, mahalliy resurslardan oqilona foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 NAFAR FARZANDGA BAYRAM TUHFASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan Termiz shahrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

Moda yoʻlida dadil qadam

Samarqand viloyati Yoshlar markazida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo...

MEHNAT VA TASHABBUS E’TIROFI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan el-yurt...

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...
KunTun
KunTun