Bugungi kunda korrupsiya nafaqat milliy, balki global miqyosda taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi asosiy xavf-xatar sifatida e’tirof etilmoqda. Uning salbiy ta’siri iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy adolat va demokratik qadriyatlar rivojiga jiddiy putur yetkazadi. Shu boisdan ham korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Bu jarayonda xalqaro me’yorlar, jumladan, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, shuningdek, BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlari bu yo‘nalishda muhim dasturiy hujjat sifatida xizmat qilmoqda.
2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 19-sentyabr-da “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qator strategik yo‘nalishlar belgilandi.
Bunda, korrup-siyaga qarshi kurashishni ilmiy asosda tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda ilmiy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni beqiyosdir. Chunki ilmiy tahlillar va sotsiologik tadqiqotlar korrupsiya holatlariga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlab berishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, sohada mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar ishtirokida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, ilg‘or tajribani joriy etish, milliy va xalqaro grantlar orqali ilmiy-amaliy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash ham ustuvor vazifa qilib belgilangan.
Qarordagi asosiy chora-tadbirlar sifatida Fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish orqali qator amaliy mexanizmlar joriy etish ko‘zda tutilgan.
Birinchidan, BMT Konvensiyasi qoidalarining bajarilishida jamoat-chilik nazorati kuchay-tiriladi. Bu jarayonga nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) jalb etiladi va ularning muqobil baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ikkinchidan, NNTlarining korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan loyihalarini moliya-lashtirish uchun har yili 10 milliard so‘m miqdorida grantlar ajratiladi. Bu mablag‘lar Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga ajratilgan mablag‘larning yil davomida iqtisod qilingan qismi hamda samaradorligi past bo‘lgan davlat tashkilotlarining byudjetdan tashqari manbalari hisobidan qoplanishi belgilangan.
Uchinchidan, aholi fikrini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar tizimli o‘tkaziladi. Bu orqali maishiy korrupsiya holatlari va ularga bo‘lgan munosabat chuqur tahlil qilinadi.
Qarorda ko‘tarilgan yangi tashabbus — “Mintaqaviy tadqiqot markazi”ni tashkil etishga qaratilgan. Bunda, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi tadqiqotlarni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston NNTlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” harakati va “Ijtimoiy fikr” markazi tashabbusi bilan maxsus “Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi” tashkil etiladi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha Korrupsi-yaga qarshi kurashish agentligi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tadqiqotlar tashkil etadi. Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ko‘maklashadi.
Milliy kengash yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini muntazam nazorat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, korrup-siyaga qarshi kurashish — bu davlatning emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir. Fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kuchaytirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish korrupsiyaga qarshi siyosatning samaradorligini keskin oshiradi. Shu bilan birga, yangi tashkil etiladigan mintaqaviy tadqiqot markazi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy-uslubiy va amaliy takliflarni tayyorlashda, milliy va xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning nufuzini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashdagi mazkur keng ko‘lamli choralar
nafaqat davlat
siyosati samara-dorligini ta’minlaydi, balki jamiyatda halollik va adolat muhitini qaror toptirishga xizmat qiladi.
Zebuniso Alimardonova,
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari