Paxta oralab emas, parta oralab…

Date:

Vatanni his qilish bolalik yillarining beg‘ubor sho‘xliklari — uyimiz, bog‘imiz, ko‘chamiz, mahallamiz g‘ururi uchun “kurashgan” paytlarimizdan boshlanadi. Vatanning gul-rayhonidan novda-giyohigacha, ona yer bag‘ridan otilib chiqayotgan mitti bulog‘idan boshlab hayqirib oqayotgan daryosigacha ko‘z qorachig‘i-dek asrashimiz, bemavrid dovullardan himoya qilishimiz, bularning hammasini kelgusi avlodlarga bus-butun, joziba va tarovati bilan yetkazishimiz kerak. Ana shunday ezgu va buyuk niyatlarimizni abadiy bo‘lishida yurtimizda o‘qituvchi, murabbiylarning xizmati buyuk sanaladi. Bu borada jonkuyar, mehridaryo ustozlarimiz mehnati beqiyos. Bu borada ustozlarimizning olib borayotgan samarali mehnati yurtimiz, davlatimiz rahbari tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda.
Millatning ertasi ustoz bergan ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Ustozlar shogird tayyorlash bilan birga, asrlarga tatigulik asarlar yaratadi. Haqiqatan ham, dunyoda o‘qituvchi-murabbiyning mehnatidan og‘irroq, mashaqqatliroq va mas’uliyatliroq kasb yo‘q. Yosh avlodga o‘qish-yozishni o‘rgatish uchun chekiladigan mashaqqatni, sportchi
bo‘lishga intilayotgan murg‘ak qalbni chempionga aylantirgun-cha bosib o‘tiladigan mas’uliyat yukini, bolani biror kasb-hunarga o‘rgatayotgan ustozning sabr-qanoatini ko‘z oldingizga keltiring.
Yurtimizda ushbu kasb egalari hamisha el ardog‘ida. Asosiy qonunimizda ham o‘qituvchi maqomi alohida mustahkamlab qo‘yilgani buning yorqin ifodasidir. Bu e’tirof va e’tibordan kuch olgan bu sharafli kasb egalari ham ta’lim sohasini rivojlantirish uchun xorijiy tajribani o‘rgangan holda, yangi dasturlar, loyihalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy etmoqda.
Bir paytlarni yodimga tushirsam, shu kunlarni paxta dalasida o‘tkazar edik. Ustozlar bayramni paxta dalasida o‘tkazar edi. Butun kuz shunday o‘tardi. Prezidentimizning siyosiy irodasi bilan bugun u kunlar ortda qoldi. Bu esa ta’limga berilgan katta e’tibor desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu boiski, hayotda har bir ezgulik, har bir kashfiyot va yutuqning zamirida o‘qituvchining mehnati, bardoshi va mehr-muhabbati mujassam ekanini bilamiz.
Bugun yurtimiz o‘g‘il-qizlari xalqaro fan olimpiadalarida, sport maydonlarida ulkan marralarni qo‘lga kiritayotgani barchamizni quvontiradi. Bu g‘alabalar, avvalo, ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati samarasi ekani sir emas, albatta.
Yuksak salohiyatli o‘quvchilarni tarbiyalash, ma’naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni shakllantirish maqsadida Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilib, ta’lim sifatining ilg‘or andozalari qo‘llanilmoqda. Bugun o‘qituvchilarga e’tibor tubdan o‘zgardi, e’tibor kuchaydi, hurmat qaytdi.

Bibixol Karimova,
TerDU dotsenti,
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun