QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD QILMAYDI

Date:

Prezidentimizning 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida va “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda Kadastr agentligiga bir qator vazifa va vakolatlar belgilab berilgan.

Xususan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish hamda davlat kadastrlarini yuritish tartibini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar faqat Kadastr agentligi organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Ko‘pchilikka sir emas so‘ng paytlarda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarni qonuniylashtirish masalasi dolzarb muammoga aylanmoqda. Shu bois, joylarda maxsus masalaga oid yer nazorati tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolar va inshootlarga huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi 937-sonli Qonuni aholi orasida noto‘g‘ri talqin qilinib, yerga oid huquqbuzarliklarni qasddan sodir etilishiga ham olib kelmoqda.

Bu borada Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘lim inspektorlari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlariga qaramasdan hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, noqonuniy qurilmalarni qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari uchrab turibdi.

Shu asnoda, Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘lim, inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida olib borilgan yer nazorati tadbirlari doirasida

2 495 dan ziyod yer qonun buzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, barcha holatlar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Qonunbuzilish holatlarining 1 742 tadan ortig‘i kadastr inspektorlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ixtiyoriy bartaraf etilib, avvalgi holatiga qaytarilishiga erishilgan.

Belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etilmagan 424 nafar yer qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda sud organlariga davo arizalar kiritilgan.

Ushbu yer qonunbuzilish holatlarining statistik ma’lumotlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, yangi qabul qilingan qonun asosida hujjatlarimizni rasmiylashtirib olamiz degan fikr bilan noqonuniy qurilishlarga qo‘l urib keyinchalik ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmoqda. 

Misol tariqasida, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi Sariosiyo tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Nilu” mahallasida yashovchi fuqaro M.I. tomonidan davlat zaxirasidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 125q-dala konturidagi yaylov yer maydonidan 1500 kv.metr egallab olib, 260.40 kv.metrdan iborat uy-joy binolarini qurib olganligi holati aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-moddasi 3-qismi (https://lex.uz/acts/-97664)ga asosan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Yer qonunchiligiga rioya qilish – har bir fuqaroning burchidir.

Eslatma, O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko‘rib chiqiladi.

 Unutmang, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

M.Abdiraxmanov

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun