Ijara to‘lovining bir qismi qaytariladi

Date:

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha Yagona portal (my.gov.uz) orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur jarayonda talaba ma’lumot yoki hujjatlarni dekan o‘rinbosariga, fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘limiga yoki talabalarni uy-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi oliygoh bo‘limiga topshirishi kerak. 1-noyabrdan esa bu tartib o‘zgaradi. Bundan tashqari, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni bilan bog‘liq davlat xizmatlari ham 2026-yil 1-yanvardan Yagona portal orqali ko‘rsatiladi.

 Talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (412 ming so‘m), qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (206 ming so‘m) miqdorda to‘lanadi.

 Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

500 gektarga hayot

Jarqo‘rg‘on tumanida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan suv...

50,11 soniya barini hal etdi

Sport — inson irodasi, sabr-toqati va fidoyiligining eng yorqin...

Surxondaryolik mirishkorlar – respublikada birinchi

Bu yilgi yozning issiq va quruq ob-havo sharoitiga qaramay,...

Maktabgacha ta’limda yangicha yondashuv

Boysun tumanidagi 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi...
KunTun
KunTun