1 000 nafar yosh ishli bo‘ldi

Date:

Termiz shahridagi Bobur istirohat bog‘ida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida TalabaExpo – 2025 kasb ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan Termiz davlat universiteti rektori davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar kelajagiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xususida to‘xtalib, bir-birini to‘ldirayotgan tizimli islohotlarning natijasini hayotiy misollar bilan keltirib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, yaratilayotgan qulaylik va bildirilayotgan ishonchga mas’uliyat bilan fidoyilik bilan javob qaytarish kerak. Bu tadbir bitiruvchi talabalarning ishga joylashishida haqiqiy imkoniyat yaratadi. Ko‘rgazmada 100 dan ortiq ish beruvchilar 4 449 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

OTM muassasalari va yirik ish beruvchi kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar ishtirokchilarda ishlab chiqarish va kasbga tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlar xususida kengroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi.

Madaniy tadbirlar Surxon eliga xos kurash bellashuvlariga ulanib ketdi. Tom ma’noda, Talaba Expo – 2025 kasb ko‘rgazmasi tadbiri yoshlar sayli bayramiga aylanib ketdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra ushbu tadbir asnosida 1 000 nafarga yaqin yosh bilan shartnomalar imzolandi.

  T.Xalikov,

TerDU katta o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun