Halollik va adolat yo‘lida

Date:

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasining Surxondaryo viloyati filiali binosida “Korrupsiyaga qarshi kurash – adolatli jamiyat garovi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zbekinvest” bosh kompaniyasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va xavfsizlikni ta’minlash departamenti bosh menejeri J.Asadullayev, Termiz shahar adliya bo‘limi xodimi S. Sharipov, shuningdek, viloyat filiali va barcha tuman bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi – korrupsiyaga qarshi kurashish borasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, ularni amaldagi qonunchilik talablari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishi, iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda har bir fuqaroning fuqarolik burchi va mas’uliyati, ayniqsa, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarida ishlovchi xodimlarning halollik va poklik tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarurligi ta’kidlandi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali usullari, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi taklif va mulohazalar ilgari surildi. Tadbir yakunida xodimlar korrupsiyaga qarshi kurash – adolatli, halol va taraqqiy etgan jamiyat qurishning muhim omili ekanini alohida e’tirof etdilar.

O.Soibnazarov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun