“Uchqizil”da turizm rivojlanadi

Date:

Termiz tumanida joylashgan “Uchqizil” suv ombori atrofida savdo, turizm va xizmatlar sohasini kengaytirishga qaratilgan yirik infratuzilmaviy loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur hududda zamonaviy ekoturizm infratuzilmasini yaratish, yoshlar uchun madaniy hordiq va faol dam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qator tashabbuslar ilgari surilgan. Jumladan, 2 kilometr uzunlikdagi “Yoshlar va turizm” ko‘chasi qurilishi hamda ekoturizm majmuasining barpo etilishi shu yo‘nalishdagi eng muhim loyihalardan biri sanaladi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, mazkur loyihalarning joylardagi ijrosi, qurilish holati va ilgari belgilangan topshiriqlarning bajarilishi bilan bevosita tanishdi. Tashrif davomida qurilish ishlari jarayoni bo‘yicha mas’ul rahbarlar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Muhimi shundaki, suv ombori atrofi — tabiiy muhitni muhofaza qilgan holda barpo etilayotgan ekoturizm majmuasi bo‘lib, bu yerda qirg‘oqlarni mustahkamlash, ekotizimni saqlab qolish, va barcha ishlarni tasdiqlangan loyiha hamda ekologik me’yorlarga muvofiq olib borish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Viloyat rahbari bu borada aniq topshiriqlar berib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini qat’iy nazoratga olish lozimligini ta’kidladi.

“Uchqizil” suv ombori atrofidagi mazkur loyiha nafaqat hudud iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, balki yoshlar bandligini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish va tabiiy boyliklardan samarali foydalanish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun