Xavfsizlikni ta’minlash muhim qadam

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus aholining yong‘in xavfsizligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda jamoatchilikni yong‘inlarga qarshi kurashda faol ishtirok etishga undashga xizmat qiladi.

 Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ushbu kampaniya doirasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Viloyat FVB va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 909 nafar xodim jalb etildi.

Kampaniya tomonidan shahar va tumanlarda aholi bilan uchrashuvlar, paxta qabul qilish punktlarida, bozorlarda, ko‘ngilochar maskanlarda, ko‘p kvartirali uylarda, maktab, texnikum va OTMlarda yong‘in o‘chirish bo‘yicha 28 ta amaliy taktik mashq va mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, 10 591 ta ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar hamda 19 642 ta hovli uylar tekshirildi. Tekshiruv davomida ko‘p qavatli uylarda 1 420 ta kamchiliklar aniqlanib, 1 039 tasi bartaraf etildi, hovli uylarda aniqlangan 2 115 ta kamchiliklardan 1 628 tasi bartaraf etildi.

Bundan tashqari, davlat va xo‘jalik tashkilotlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida xodimlarga yong‘in o‘chirgich vositalaridan foydalanish, evakuatsiya yo‘laklaridan to‘g‘ri chiqish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar uqtirilmoqda.

Kampaniya doirasida keng jamoatchilik o‘rtasida turli aksiyalar, davra suhbatlari, ko‘rgazmalar hamda musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi doimiy ravishda xabardor qilinmoqda. Qisqa videoroliklar, muloqotlar va intervyular orqali yong‘in xavfsizligi qoidalari keng targ‘ib etilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar tizimi mutaxassislari ta’kidlaganidek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash – bu faqatgina tegishli xizmatlarning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyatidir. Chunki kichik bir beparvolik katta fojialarga olib kelishi mumkin. Shu bois, aholi o‘z uylarida ham, ish joylarida ham xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishi shart.

“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasining Surxondaryo viloyatida izchil davom etayotgani aholining xavfsiz hayotini ta’minlash, jamiyatda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish va turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Yong‘inni bartaraf etishdan ko‘ra, uning oldini olish osonroq va samaraliroq. Shu bois, mazkur kampaniya nafaqat amaliy ahamiyatga, balki katta ma’naviy-tarbiyaviy qiymatga ham ega.

           Zulfiya Sohibova,

Surxondaryo viloyati FVB axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlikni ta’minlash muhim qadam

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, turli favqulodda vaziyatlarning...

RUXSATNOMA OLMAY  FOYDALANMANG!

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy sho‘basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati...

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...
KunTun
KunTun