Kamchiliklar bartaraf etildi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha jabhalarida keng qo‘llash maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan, tumandagi mahallalar hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi yuzasidan keng qamrovli o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Tekshiruvlar davomida tadbirkorlik obyektlarining tashqi reklama yozuvlari, tashkilot va muassasalarda yuritilayotgan hujjatlar,  ish yuritish tartibining davlat tiliga mosligi sinchiklab o‘rganildi. Natijada ayrim kamchiliklar aniqlandi va ularning aksariyati joyida bartaraf etildi. Shu bilan birga, tadbirkor va mas’ul xodimlarga qonun talablari bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Mutasaddilar ta’kidlaganidek, bunday tadbirlarning asosiy maqsadi — davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, barcha hujjatlar hamda tashqi reklama yozuvlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishini ta’minlashdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun