Bilim va zukkolik bellashuvi

Date:

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi. Fakultetlar kesimida tashkil etilayotgan bellashuvlar qiziqarli savol-javoblar, bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tmoqda. Mazkur tadbirning bosh maqsadi — yoshlarning bilim va zukkoligini oshirish, milliy qadriyatlarni talabalar ongida mustahkamlash, ma’naviy merosimizdan faxrlanish tuyg‘usini singdirishdan iborat.

O‘yin davomida tarix, milliy an’analar, adabiyot va madaniyatimizga oid savollar berildi. Bu nafaqat talabalar bilimini sinovdan o‘tkazdi, balki ularning dunyoqarashini kengaytirib, ijodiy fikrlashini rag‘batlantirdi.

“Zakovat” orqali yoshlar o‘zbek xalqining boy madaniyati, qadimiy an’analari va zamonaviy taraqqiyoti haqida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘lishmoqda. Tadbir talabalar ma’naviy kamolotiga, ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun