Tozalik fidoyilari – kelajak bunyodkorlari

Date:

Jamiyatimizning osoyishtaligi va shahar-ko‘chalarimizning chiroyi – tunu kun mehnat qilayotgan tozalik posbonlari fidokorligiga bog‘liq. Ularning mashaqqatli xizmatini qadrlash va oilasiga mehr ko‘rsatish maqsadida yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi.

“Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovida yillar davomida chiqindilarni tashish, saralash va ko‘chalarni ozoda tutishda jonbozlik ko‘rsatgan xodimlar ishtirok etadi. Eng quvonarlisi, g‘oliblarning farzandlari yoki nevaralari oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirsa, ularning kontrakt to‘lovi davlat hisobidan qoplab beriladi.

Bu tashabbus nafaqat fidokorona mehnat qilayotgan insonlarga ehtirom, balki ularning farzandlari ilmli, ziyoli va Vatan uchun foydali kadr bo‘lib yetishishi uchun ham katta imkoniyatdir.

Tanlovning navbatdagi bosqichi 2025-yil 1-sentabrda boshlanadi, g‘oliblar esa 8-dekabr – Konstitutsiya kuni arafasida e’lon qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy talabga puxta yechim

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga...

“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida...

Iqtidori e’tirofga sazovor

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Farxod Nazarov Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan...

“Inson uchun – 2026”: bandlikka keng yo‘l ochilmoqda

“Inson uchun – 2026” festivali doirasida mamlakatimiz hududlarida nogironligi...
KunTun
KunTun