“Kitob — bilim manbayi”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat.
Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi. Badiiy adabiyotlarni o‘qiganda
dunyoqarash kengayadi, hayotga munosabat o‘zgaradi.Zero, kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr alma-shishning huzur-halovati tamoman o‘zga-chadir.
Darha-qiqat, kitob o‘qimagan insonning ma’naviyati bo‘lmaydi. Dunyoqarashi past bo‘ladi, olam sirlarini bilmoq istasak, ko‘p kitob o‘qimoq kerak. Zero, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbayi ”.
Angor tumanidagi Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Qosim Mardonov hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. So‘zga chiqqan tuman hokimi yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishi, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlarni muntazam o‘tkazish va ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan kutubxona fondi uchun
1 200 dona kitoblar sovg‘a qilindi. Bir so‘z bilan aytganda, bunday tadbirlar, kitobxonlik haftaliklari yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga qo‘shish, ularning ongini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hilola Raxmonova,
Angor tuman Axborot-kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari

