Qonunbuzarlikka jazo muqarrar

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solish, yer resurslaridan oqilona, maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.Bu borada yangi tahrirdagi “Yer kodeksi”ning qabul qilinishi muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Kuni kecha Kadastr agentligi hamda davlat Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan, joriy yilning 6 oyi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani shu masalaga bag‘ishlandi.
2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, viloyatimizning umumiy yer maydoni 2 million 9 ming
911 gektar, shundan ekin ekiladigan sug‘oriladigan maydon 238,5 ming gektarni tashkil qiladi. Yer – bizning umumiy boyligimiz, uni asrab-avaylash esa barchamizning burchimizdir. So‘nggi paytlarda bebaho xazina bo‘lmish ona zaminimizni talon-toroj qilish holatlari ham uchramoqdaki, bundan faqat afsuslanish mumkin. Misol uchun, viloyatimizda mutaxassislar ishtirokida olib borilgan tekshiruvlar natijasida yer nazorati yo‘nalishida 1 513 ta holatda 124,23 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.
Toifalar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerlari 686 ta holatda 95,43 gektar, aholi punktlari yerlari 469 ta
holatda 9,96 gektar, sanoat, transport, aloqa va mudofaa yerlari 154 ta holatda 3,0 gektar, tabiatni muhofaza qilish yerlari 4 ta holatda 0,46 gektar, o‘rmon fondi yerlari 25 ta holatda 4,73 gektar, suv fondi yerlari 68 ta holatda 2,07 gektar, zaxira yerlari 107 ta holatda 8,58 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha 1 513 ta yozma ko‘rsatma berilib, 986 ta holatda, 7 732 gektar yer qonun buzilishi ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan. Shuningdek, 360 ta holatda 3 728 gektar yer maydoni maqsadsiz foydalanilgan deb topilgan. Ushbu holat bo‘yicha 360 ta taqdimnoma hokimliklarga kiritilgan. 356 ta holatda, 3 719 gektar yer davlat zaxirasiga qaytarilgan. 4 ta holatda 9,11 gektar yer hali qaytarilmagan.
— Yer va suv resurslaridan oqilona, maqsadli va qonuniy foydalanish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy hamda fuqarolik majburiyatidir. Qonunchilikka zid harakatlar esa muqarrar javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu boisdan, bugungi va kelajak avlodlar manfaatini ko‘zlab, yerga nisbatan mas’uliyat bilan yondashish har birimizning ustuvor vazifamizdir. Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi jamoasi sifatida biz fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sohadagi islohotlarni izchil davom ettirish yo‘lidan boramiz, — deydi Davlat Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sobir Shaymardanov.
Joriy yilning 6 oyi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan 7 513 ta, jismoniy shaxslardan 6 870 ta, yuridik shaxslar tomonidan 643 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 5932 tasi, ya’ni 79 foizi ijobiy hal etilgan, 1 538 ta murojaatchiga tushuntirish berilgan, 43 ta murojaat rad etilgan.
Jurnalist va blogerlar uchun uyushtirilgan matbuot anjumani o‘zaro muloqot, savol-javob tarzida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

X. TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun