Yozgi “Biologiya” kursi davom etmoqda

Date:

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakultetining “Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Biologiya” fani kursi yozgi taʼtil davrida ham oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Kurslar tumandagi 2-son Politexnikum bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, institutga biriktirilgan ushbu muassasaning 1-bosqich o‘quvchilari – Mashxura Tursunova va Munisa Sattorovalar yozgi taʼtil davrida biologiya fanini chuqur oʻrganish maqsadida ushbu kursda faol ishtirok etishmoqda. Ular dars mashgʻulotlariga muntazam qatnashib, ustozlari tomonidan berilgan nazariy va amaliy bilimlarni puxta oʻzlashtirishayotir.

E’tiborga jihati, bu ikki iqtidorli o‘quvchi biologiya fanidan oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyoz beruvchi milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Bu esa kursda olib borilayotgan ta’lim jarayonining samaradorligi va sifatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun