Birinchi bosqichda 10 nafar xotin-qiz band

Date:

Yurtimizda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatida eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Uzun tumanidagi 2-sonli politexnikumida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan “Qandolatchilik klasteri” ishga tushirildi. Loyiha doirasida har yili 3 ming nafar xotin-qizga qandolatchilik va pazandachilik sir-asrorlari o‘rgatilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, klasterda qandolat mahsulotlari va milliy shirinliklar ishlab chiqarish hamda sotuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birinchi bosqichda 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, klaster faoliyati, ish jarayonlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu loyiha yoshlar, ayniqsa, kasb-hunarga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi ta’kidlandi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida “Target International School” MCHJning ta’lim klasteri tashkil etish bo‘yicha loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, tashrif davomida “Janub gavhari” oromgohida bolalarning yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlari, 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi rekonstruksiyasi hamda 18-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ham o‘rganildi.

Mutasaddilarga bolalarni mazmunli va xavfsiz dam oldirishni ta’minlash, ta’lim muassasalarini o‘z vaqtida ta’mirlash va yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kontraktni to‘rtga bo‘lib to‘lash mumkin

Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun...

Qalblarda iftixor, maydonda tantana

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona...

Hamkorlik yo‘nalishlari belgilanmoqda

Hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, yangi investitsiyalarni jalb etish...

XAVFSIZLIK — ENG MUHIM QADRIYAT

Inson hayoti va xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish...
KunTun
KunTun