Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiramiz

Date:

Kutubxonalar, faqat kitoblar jamlanmasi bo‘lib qolmasdan, insonlarning bilim olish, dunyoqarashini kengaytirish va intellektual rivojlanishlari uchun juda muhim o‘rin tutadi. O‘qish madaniyati esa, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan munosabatini, kitoblarni qanday tanlashini va o‘qish jarayonini qanday tashkil etishini anglatadi.
Kutubxona va o‘qish madaniyati bir-birini mustahkamlovchi jarayonlardir. Kutubxona mutaxassislari nafaqat kitoblarni taqdim etadi, balki o‘quvchilarga to‘g‘ri kitob tanlashda, o‘qish uchun zarur vositalar bilan tanishtirishda ham yordam beradi.
Kitob tanlashda o‘quvchilarni faqat qiziqarli bo‘lgan asarlarni tanlashga rag‘batlantirmasdan, ular uchun foydali va bilimga boy kitoblarni ham tanitish zarur. O‘quvchilarni o‘qishga qiziqtirish kutubxonalarda o‘qish madaniyatini rivojlantirishning yana bir yo‘li — o‘quvchilarni kitoblar bilan tanishtirish uchun turli faoliyatlar o‘tkazishdir. Masalan, o‘qish musobaqalari, kitob klublari, yozuvchilarning uchrashuvlari va o‘qish bo‘yicha seminarlar, shular jumlasidandir. Ushbu tadbirlar nafaqat o‘quvchilarni kitoblar bilan tanishtiradi, balki ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.

Z. Chorshanbiyeva,
Kitoblarni jamlash va katalog yaratish
bo‘limi bosh kutubxonachisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun