Osiyo chempionatiga yo‘llanma

Date:

Kurashda g‘irrom yo‘q, bari halol. Shuning uchun ham unda alplar, er o‘g‘lonlar maydonga tushadi. Tinimsiz kurashlar esa kurashchini toblaydi, bilagini sinovdan o‘tkazib, zo‘rlar ichra zo‘r bo‘lishga imkoniyat yaratadi. Toshkent viloyatining Keles shahrida yunon-rum va erkin kurash sport turlari bo‘yicha 1999-2004-yillarda tug‘ilgan yoshlar (U23) o‘rtasida Osiyo chempionatiga saralash uchun bo‘lib o‘tgan Respublika turnirida bilagida kuchi bor o‘g‘lonlar maydonga chiqdi.
Kurash murosasiz kechdi. Tomoshabin hayajoni, hayqirig‘i, hakamlarning kuzatuvi kurashni qizitdi. Polvonlarga kuch berib, yanada yaxshi kurashishga chorladi. “Halol”, “chala” hayqiriqlari ostida g‘oliblar aniqlandi. Jarqo‘rg‘onlik Asomiddin Hasanovga teng keladigani topilmadi. O‘z vazn toifasida shoxsupaning yuqori cho‘qqisini egallab, 1-o‘ringa loyiq topildi va Osiyo chempionatiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ishonamiz, Osiyo chempionatida ham Surxon zamining polvoniga teng keladigan alp topilmaydi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun