G‘allani asrash dolzarb vazifadir

Date:

G‘alla — rizq-ro‘zimiz. Xalqimizning non va non mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tinmay mehnat qilayotgan fermerlarimiz, agroklasterlar g‘allani parvarishlash jarayonida asosiy ofat bo‘lgan “zang kasalligi”dan hosilni himoya qilishlari lozim. Agarda kasallikka qarshi o‘z vaqtida  kurash choralari olib borilmasa, hosilning 30-40 foizi nobud bo‘lishi isbotlangan.

Respublikamiz bo‘yicha bu yil ham 1 million gektardan ko‘proq maydonda g‘alla ekinlari  yetishtirilmoqda. Har yilgidek  g‘alla hosili bo‘yicha mamlakatimiz miqyosida yuqori marralar ko‘zlangan. Joriy yilda viloyatimizning g‘alla ekin maydonlari jami  89 325 gektar bo‘lib, yalpi hosil rejasi 665 000 tonnadan iborat. Viloyat bo‘yicha g‘alla maydonlarida 3 xil ko‘rinishdagi zang, ya’ni poya, sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklari erta bahorda ko‘p tarqalishi mumkin va katta zarar keltirishi ehtimoldan xoli emas.

Amaliy tajribalardan ma’lumki, zang kasalliklari bahorda yog‘ingarchiliklar ko‘p, sernam va harorat past bo‘lgan yillari 30-40 foizgacha hosilni nobud qilishi mumkinligi kuzatilgan. Zang kasalligi epifitotiysi sharoitida 50-60 foiz va undan ham ko‘p miqdorda hosil nobud bo‘lgan. Hozirgi vaqtda zangga qarshi 2 xil usul yordamida, ya’ni yetishti-rilayotgan bug‘doy navlarining kasallikka qarshi chidamliligini oshirish maqsadida agrotexnik chora-tadbirlar va kasallikning oldini olish (profilaktika) hamda zang paydo bo‘lgan maydonlarda kasallikni to‘liq yo‘q qilish maqsadida kimyoviy usuldan foydalanish tavsiya etiladi.

Zang kasalliklariga qarshi agrotexnik kurash choralari: G‘allani  yuqori agrotexnika sharoitida parvarishlash, o‘z vaqtida o‘g‘itlash, sharbat suvi berish va bargidan suspenziya qilish, dala ichidagi va chetlaridagi boshoqdosh va boshqa turdagi begona o‘tlarni yo‘qotishni tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bargidan suspenziya usulida oziqlantirish jahon g‘allachiligi amaliyotida foydali tadbir sifatida ko‘p qo‘llaniladi. Bu usulda oziqlantirish bug‘doy o‘simligining fotosintez va moddalar almashinuv jarayonini jadallashtiradi, bargda organik moddalar ko‘payadi va yashillik uzoq muddat saqlanadi, barg plastinkasining qalinlashishi esa g‘allaning bardoshliligini oshishiga olib keladi. Natijada, bug‘doy o‘simligining o‘sishi va rivojlanishi tezlashadi, hosil to‘plashi uchun energiyasi kuchayadi. Suspenziya usulida bargi orqali oziqlantirish har 15-20 kunda mart oyida 1 marta, aprel oyida esa imkoni boricha 2 marta o‘tkazilsa, yuqori samarador-likka erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida, g‘alla hosilini gektariga 2-3 sentnerga, don tarkibidagi oqsil miqdorini esa 1,5-2 foizgacha oshishini ta’minlaydi.

A.Qo‘chqorov,

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti dotsenti v.b, biologiya fanlari nomzodi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun