ISHLAR REJADAN ORTDA…

Date:

Termiz shahridan yo‘lga otlanib, manzilingiz Angor, Muzrabot, Sherobod, uyog‘i Boysunga ulansa, Boysundan Denovgacha bo‘lgan yo‘llar ham rekonstruksiyaga muhtoj. Prezidentimizning 2023-yil 16-17-noyabr kunlari viloyatimizga tashrifida vohaliklarning ko‘p yillik muammolaridan biri — Boysundan Denovgacha bo‘lgan “Darband — Boysun — Elbayon” avtomobil yo‘lini zamonaviy loyihalar asosida rekonstruksiya qilish topshirig‘i berilgan edi. Umumiy qiymati 147,6 million AQSH dollari bo‘lgan mazkur yo‘lning 111 kilometr qismi to‘liq rekonstruksiya qilinayotgan bo‘lib, loyiha pudratchisi “Lankaran Yol Tikinti” MCHJ hisoblanadi.

Viloyat hokimi mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, rekonstruksiya ishlari belgilangan reja-grafikdan ortda qolayotganligi, ishlar sust ketayotganligi uchun e’tiroz bildirdi. Mas’ullarga pudratchi bilan hamkorlikda ishlarni jadallashtirish chorasini ko‘rish, muammoli masalalarni hal etish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Shundan so‘ng, Boysun tumani markazida 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasi va “Yoshlar bog‘i”ni tashkil etish loyihalari taqdimoti hamda “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar qurilishi bilan tanishildi. Viloyat rahbari loyihalarni sifatli amalga oshirish, massivda barpo etilgan turar joylar atrofini obodonlashtirish, infratuzilma bilan ta’minlashga kelishib olindi.

Yakunda viloyat qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda majmua tashkilotlari faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda tanqidiy muhokamalar asosida masalalarga yechim va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun