Qoidaga rioya etib…

Date:

Yugurayotganingizda aniq manzil va maqsadni ko‘zlaysiz. Start chizig‘ida turib, vaqt sizga minusga ishlab boshlagan ondayoq harakatni boshlaysiz. Nima bo‘lganda ham tezkorlik muhim. Axir finish chig‘iga birinchi bo‘lib yetib borish shart.
Bu lahzalarda kimdir qoqilishi, kimnidir ehtiyotsizligi sabab oyog‘i toyib ketishi, kimlardadir tezkorlik yetishmasligi mumkin. Yugurish texnikasiga amal qilgan holda qat’iy iroda va shasht bilan yugurgan manzilda birinchi bo‘lib ko‘rinish beradi. Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yengil atletika bo‘yicha U16 yosh atletlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati musobaqasida ham atletlardan ayni qoidalarga rioya etishlari talab etildi.
Jarayon qiziqarli va murosasiz kechdi. Musobaqada surxondaryolik sportchi Charos Jo‘rayeva 1 500 metr masofaga yugurish bo‘yicha 1-o‘rin, 3 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun