Ko‘chatchilik yanada rivojlantiriladi

Date:

Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng miqyosda daraxt ko‘chatlari ekilib, ularning parvarishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turga gapki, bunday sa’y-harakatlar ko‘chat yetishtirish bo‘yicha ham muhim qadamlar tashlanishi lozimligini ko‘rsatadi.
Ko‘chatchilikni yanada rivojlantirish va sohada ilmiy yechimlarni keng joriy etish maqsadida Sariosiyo tumanida joylashgan “UzAgroLider” MCHJning hududida viloyat o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi. Tadbir doirasida lola daraxti, ko‘k kiparis, kashtan, nandina, Italiya sireni, katalpa, kanpak tuya, qarag‘ay, yasin, Qrim qarag‘ayi, oddiy archa, qora kiparis, uzum, xurmo, o‘rik kabi daraxt ko‘chatlarini intensiv usulda yetishtirish loyihalari va viloyat Agroxizmatlar markazi faoliyati yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Seminarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan ko‘chatchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, bog‘bonlar va tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Tadbirda sohadagi muammolar, ularning yechimlari hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun