“Nafsim mening balodir, ming bir ko‘yga solodur”

Date:

.Ha, nafs deganlari ustun kelsa, insonni har ko‘yga solishi hech gap emas. nafs uyatga qoldiradi, jamiyatda izza qilib, yuzni shuvut qiladi. O‘g‘ri, firibgar, talonchi degan nom esa tezda unutilib, yuvsa ketib qolmaydigan tamg‘adir. Sariosiyo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘quvchilarning ota-onalari to‘lagan 207,7 million so‘m badal pullarini bank muassasasiga topshirmadi, joyiga qo‘yaman, degan o‘y bilan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandi. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 115 million so‘mi undirilishi ta’minlangan.
O‘g‘rilik, talonchilik epidemiya Sho‘rchi tuman elektr tarmoqlari korxonasining sobiq huquqshunosini ham zararladi chog‘i u ham o‘zgalarning ishonchiga kirib, haqiga xiyonat qildi. sobiq huquqshunos I.J. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) 28 nafar fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berish evaziga 47 million so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, qarzdorlikni so‘ndirmagan. Yaxshiyamki, aybdorlar qilmishi tekshiruv davomida aniqlanib, aybiga iqror qilindi. Ayni paytda olib borilayotgan tergov harakatlari olib borilmoqa. Bu kabi nopok ishlar va o‘zgani haqiga hiyonat hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Yuqoridagi qilmishlar ko‘plarga ibrat va saboq bo‘lishi kerak.


S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun