Termizda aqlli chorrahalar bo‘ladi

Date:

AQSHning Merisvill shaharchasidagi avtomobillar o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashishni ko‘zda tutuvchi tizim – «aqlli chorraha»lar haqida eshitib, bizning yo‘llarimizda ham shunday tizim o‘rnatilishiga umid qilgandim. CHunki ular yo‘llarni tartibga solish, avariyalar, baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish, tirbandliklarning oldini olishga katta hissa qo‘shishadi. Oradan 3 yil o‘tib, o‘zimizda ham bunday tizimlardan foydalanish uchun amaliy ishga kirishilgani yanada quvontirdi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti bilan qo‘shma qaror imzolab, fakultet qoshida «Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi»ni tashkil etdi. Hududdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni issiq izidan ochish uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan markaz ayni paytda 2 yo‘nalishda tadqiqot olib borayapti.
Birinchi yo‘nalish sun’iy intellekt asosida boshqariladigan svetaforlar hamda chorrahalarni yaratish bo‘lib, unda shahar markazidagi asosiy chorrahalar to‘liq kameralashtiriladi va kuzatuv kameralariga maxsus dastur o‘rnatiladi. Bu dastur chorrahadagi mashinalarning sonini avtomatik ravishda hisoblab, ularning harakatlanish vaqtini belgilaydi. Bu esa chorrahadagi tirbandlikning oldini oladi.
Bunga qo‘shimcha ushbu tizim ravishda shahar hududiga bir kunda nechta mashina kirib-chiqqanligi haqidagi ma’lumotlarni ham to‘plash imkonini beradi.
— Hozirda ushbu tadqiqot ustida fakul’tetning 3 nafar doktoranti, stajor hamda shu yo‘nalishda ilmiy izlanish olib borayotgan talabalar ham ishlashmoqda, — deydi loyiha koordinatori, doktorant Hamid Choriyev. — Albatta, ushbu jarayonda viloyat IIB YHXB bilan doimiy hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi yo‘nalish loyihasi – alohida toifa shaxslarning ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha esa Termiz shahridagi «O‘zbekiston» hamda «Tuproqqo‘rg‘on» mahallalari tanlab olindi. Hozirda mahallalarning profilaktika inspektorlari har bir xonadonga kirib, u yerdagi fuqarolarning to‘liq ma’lumotlarini to‘plashmoqda. Ular esa geoaxborot tizimiga kiritilib, jamlanmoqda. Hozircha sinov tariqasida boshlangan ushbu amaliyotdan kutganlarimiz ko‘p.
Aytish kerakki, to‘plangan ma’lumotlar bazasidan faqat jinoyatchilikni ochish yoki uni oldini olish maqsadidagina foydalaniladi va ularning barchasi maxsus tizim orqali himoyalanadi. Ya’ni fuqarolarning daxlsizlik huquqi ta’minlanadi. Zero, axborot texnologiyalari asrida bu kabi qulayliklarning yaratilishi fuqarolar uchun ayni muddaodir.


Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Odamlar

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu...

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish...

Ipoteka krediti takror moliyalashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasining 12.02.2025-yildagi O‘RQ-1028-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga...

Bolalar maydonchasi o‘rnida

Ko‘p qavatli uylarning hovlisida bolalar maydonchasi ham quriladi. Ayni...
KunTun
KunTun