Firibgar qo‘lga tushdi

Date:

Muammosini pora bilan hal etgan-u, adolatsizlikka uchragan jabrdiydalar haqidagi mish-mishlar qulog‘imizga tez-tez chalinib turadi. Bunga yo e’tibor beramiz yoki yo‘q. Aslida har birimiz xushyor va sergak bo‘lishimiz shart. Xolbuki, kimdir ko‘ngilchanligimiz, huquqimizni bilmaganimiz uchun o‘z domiga tushirmasin. Korrupsiya atalmish balo-yu ofat jamiyatni siyosiy va iqtisodiy rivojiga putur yetkazmay qolmaydi. Sariosiyolik R.D chorvachilik qilish maqsadida yer sotib olmoqchi bo‘lganida ana shunday firibgarning domiga tushishiga bir bahya qoldi. Yer olmoqchiga sotishga shay “Qahramon” chiqib, 27 sotix yer maydoni borligini, har bir sotixini 900 AQSH dollaridan jami 24 300 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ldi.
O‘z navbatida xaridor yerning qayerga joylashgan, tuprog‘i unumdormi degan sabablar bilan sotib olmoqchi bo‘lgan joyni surishtirganida fermer xoʻjaligiga qarashli boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonini noqonuniy ravishda egallab olinganligi maʼlum boʻladi. Shu sababli pul talab qilib ta’magirga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻrab viloyat IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Mazkur arizaga asosan, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Sariosiyo tumani markazida talab qilingan 24 300 AQSH dollari miqdoridagi pullardan 14 900 AQSH dollari hamda 1 million soʻm miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyni yayov kezganda…

Oltinsoy tumanidagi 1-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,...

Hashar birlikka chorlar

Termiz shahri bo‘ylab barcha mahallalarda umumxalq xayriya hasharlari uyushqoqlik...

Surxondaryoda sport rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Ravshanbek Maxmudov Fransiyaning “Group...

Hamkorlik yangi bosqichda

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari...
KunTun
KunTun