O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryoda

Date:

Bolaligidan futbolchi bo‘lishni orzu qilib, sport maydonchasidan beri kelmagan bola bo‘lmasa kerak. O‘zbek futbolidagi afsonaviy futbolchilar sanalgan qahramonlar ham bir paytlar ana shunday mehr bilan futbolchi bo‘lishga havaslangandir. O‘zbek futbolining 110 yilligiga bag‘ishlab Surxondaryoda start olgan sport festivalida ana shunday afsonaviy qahramonlar yod etildi.

O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya dastlab sobiq sharhlovchi, murabbiy, uzoq yillar viloyat sport qo‘mitasiga rahbarlik qilgan Bahrom Hamroyev hamda marhum futbolchi va murabbiy Botir Kashkenbayevning xonadonlariga tashrif buyurib, “O‘zbek futbolining 110 yilligi” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Keyingi manzil viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi bo‘ldi. U yerda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishildi. Tanishuv uchrashuvga ulanib ketdi va futbol faxriylari yosh sportchilarga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, hayotida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealardan so‘zlab berishdi.

Albatta, har qanday tashrif va uchrashuv amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi rejalarning muhokamasisiz o‘tmasligi kerak. Busiz muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Surxondaryo viloyat hokimligida viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti To‘ra Bobolov bilan bo‘lgan uchrashuvda vohada futbol rivoji yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov hamda viloyat sektor rahbarlariga “O‘zbekiston futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni topshirildi.
Ming marta eshitgandan bir bora ko‘rgan afzal deyishganidek, “Surxon” markaziy stadionida o‘zbek futboli faxriylari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin qiziqarli va hayajonga boy o‘tdi. Samimiy ruhda o‘tgan sport festivali yoshlar ko‘nglida sportga, futbolga bo‘lgan mehr-muhabbat va ihlosni yanada alanga oldirgan bo‘lsa, ajab emas.

Ha aytgancha, uchrashuv yakunida bir guruh futbol faxriylariga ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun