“Qarashiq”da gilam to‘qilmoqda

Date:

Qo‘l mehnati har doim ham qadrlanadi va yuqori baholanadi. Bu hunarmand-u ustani ruhlantiradi. O‘z ishiga mehr-muhabbatini oshiradi. Yanada shijoat bilan ishlashga undaydi. Qolaversa, Prezidentning “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qo‘lda gilam to‘qish bilan shug‘ullanuvchilar 3 nafardan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratib, gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilsalar, ular uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratilishi haqidagi daraklar tezda ovoza bo‘lib, eshitgan quloqqa xush yoqqandi. Bugun esa amaliy natijalarning bo‘y ko‘rsatayotgani kishini e’tibor va rag‘batdan ko‘nglini tog‘dek ko‘taradi. Subsidiya asosida Uzun tumani “Qarashiq” mahallasiga gilam to‘qish uslunalari olib kelindi.
Momolarimiz to‘qigan gilamlar hali-hamon o‘z qiymatini yo‘qotgan emas. kelgusi avlodlar esa momomeros kasbning boshidan tutib kam bo‘lishmayapti. Ha, hunar o‘lmaydi. U avlodlardan-avlodlarga bekam-u ko‘st yetkazilib, qadr topmoqda. Sayqallanib, yangicha zeb, tarovat bilan qadimiy naqshlar zamonaviylik bilan uyg‘unlashib, ko‘ngil-u ko‘zni quvnatayapti. Xonadonimizni bezab, issiq va sovuqdan asrayapti. Qolaversa, ana shunday hunarmandchilik ishi bilan ishsizman degan xotin-qizlar va yoshlar sohaga keng jalb etilib, ularning bandligi ta’minlanayotir. Xonadoni va hamyoniga baraka kirib, qo‘zg‘ori butlanayotir. Ha aytgancha, gilamchilikka qiziqqan yosh borki, ayni damda Uzun tumanida o‘qish va o‘rganishni boshlab yuborishgan. O‘quv kurslarida tumanning gilam to‘qishda mohir hunarmandlari gilamchilik sir-asrorlarini o‘rgatishga bel bog‘lagan.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun