Ekologlar uchun faxriy unvon ta’sis etiladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etiladi. Ushbu unvonning ta’sis etilishi tizimda alohida tashabbus ko‘rsatgan shaxslarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish bilan bog‘liq bo‘lgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu unvonning ta’sis etilishi tabiatni asrab-avaylash, bioxilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tizimda alohida tashabbus ko‘rsatgan shaxslarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekopartiya deputatlari mazkur qonun loyihasini qizg‘in muhokama qilib, qo‘llab-quvvatladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun