“Uloq”ni sariosiyolik va sherobodlik targ‘ibotchi olib ketdi

Date:

O‘tgan yili davlat rahbarining qarori bilan umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etilgandi. Ular maktablardagi iqtidorli o‘quvchilarni aniqlab, ularning  iste’dodini rag‘batlantirishi, to‘garaklar tashkil etib, muntazam shug‘ullanib borishlari lozim edi.  Oradan bir yil o‘tdi. Xo‘sh, targ‘ibotchilar o‘z faoliyatida qanday natijaga erishdilar?

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  ularning faoliyatini sarhisob qilish, tashabbuskorlarini esa rag‘batlantirish maqsadida “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” respublika tanlovini e’lon qildi. Yaqinda mazkur tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 24 nafar tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirok etishdi.

Tanlov davomida targ‘ibotchilarning 8 ta yo‘nalish bo‘yicha mahorat va salohiyatlari hakamlar hayati tomonidan baholandi. Natijalarga ko‘ra, birinchilikni Sariosiyo tumanidagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Dilnoza Saidova hamda Sherobod tumanidagi 27-maktab targ‘ibotchisi Sharofat Xidirovalar qo‘lga kiritishdi. Endi ular tanlovning respublika bosqichida ishtirok etib, viloyat sharafini himoya qilishadi.

Tanlov g‘oliblari diplom, kitoblar jamlanmasi hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun