Bemor homiylar ko‘magida Rossiyada operatsiya qilinadi

Date:

Aholi salomatligini saqlash har doim muhim sanalgan. Shu bois, bugun aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning sifatini oshirish, zamonaviy tibbiyotni rivojlantirishda davlat rahbarining o‘zi bosh-qosh bo‘lmoqda.

Ayniqsa, chekka hudud aholisining bunga ehtiyoji baland. Sababi, qishloqlarda yashovchi odamlar ha deganda shifoxonaga borishga imkon topavermaydilar. Shukrki, shunga qaramay, davlat ham, sog‘liqni saqlash idoralari mas’ullari ham bunga jim qarab turishgani yo‘q. Ular kerak bo‘lsa, hududlarning o‘ziga borib, sayyor tibbiy qabullar uyushtirishayotgani, hatto, ijtimoiy himoyaga muhtoj, davolanishga imkoni yo‘qlarni maxsus yo‘llanmalar orqali bepul davolashga ham imkon topishayotgani quvonarli.

Qiziriq tumanida ana shunday navbatdagi bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Kardiologiya markazi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda O‘zLiDeP viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rikda hududdagi  “Takiya”, “Gulobod”, “Zarobod”, “Yangi obod”, “Tinchlik” mahallalari aholisi ishtirok etdi. Asosan, «Ayollar daftari», va «Temir daftar»ga kiritilgan 250 nafardan ortiq xotin-qiz ko‘rikdan o‘tkazildi.

Oftalmolog, kardiolog, ginekolog, terapevt kabi shifokorlar bilan birga ko‘chma rentgen apparati, UZD tekshiruvlari ham o‘tkazildi.

Tumanning “Zarobod” mahallasida yashovchi Zuxra Xidirova yurak xastaligi bilan og‘riydi. Davolanay desa, imkoni yo‘q. «Ayollar daftari» ro‘yxatida turadi. Ko‘rik davomida viloyat kardiologiya markazi shifokori bilan birga  ayolning xonadoniga borildi. Shifokor uning ahvolini ko‘zdan kechirgach, may oyida markazda davolanish uchun order beriladigan bo‘ldi.

“Zarobod” mahallasida “Temir daftar”da turadigan Otabek Mamarajabov 3 yil burun avtohalokat tufayli to‘shakka mixlanib qolgan. Oilaning boshi oyoqdan qolsa yomon ekan. Xonadon vakillari bu sinovdan ancha qyinalib qolishdi. Haliyam yaxshilarning ko‘magi bilan ular yolg‘izlatib qo‘yilmadi. Tuman hokimligi ham xonadon vakillarining holidan xabar olishib, zarur yordamini ayashmadi. Ammo, xastalik Otabek akani yanayam ezib qo‘ydi. Ko‘rik bahona mutaxassislar va faollar ushbu xonadonda ham bo‘lishib, bemor holidan xabar olishdi. Yaqinda tuman hokimligining ko‘magi bilan Rossiya davlatida murakkab operatsiya o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani xonadon egasiga tushuntirildi.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun