“Hududgaz Surxondaryo”: raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishildi

Date:

Surxondaryo viloyat prokurori B.Babadjanov boshchiligidagi Ishchi guruhi vakillari “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialida bo‘ldi. Bu yerda Ishchi guruhi tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunalarining tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimga to‘liq ulanganligi holati o‘rganildi.
Mutaxassislar tomonidan tizimda yaratilayotgan shaffoflik va barcha amaliy jarayonlarning onlayn rejimga o‘tganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Filialning “Vaziyatlar markazi”da bu boradagi ish jarayonlari onlayn tizim orqali amalga oshirib kelinmoqda. Aholiga gaz ballonlarini yetkazib berishda to‘lovlar ham onlayn qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan, tabiiy gaz nazorati va hisobi avtomatlashtirilgan tizimga to‘liq ulangan.
Ishchi guruh tomonidan AGTKShlar tomonidan tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.
O‘rganish mobaynida Ishchi guruhi gaz ta’minotining har kuni 24 soat davomida 1104 qisqa raqami ostida faoliyat olib borayotgan “Call-markazi”da ham bo‘lib, operatorlar ish jarayoni bilan tanishdi. Qolaversa, filialda qish mavsumi uchun zaxiralarning mavjudligi, avariyaviy xizmatlarning shayligi o‘rganildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali ayni paytda gazchilar nigohi mavsumni betalafot o‘tkazishga qaratilgan. Bu jarayonda muhim ishlardan biri – barcha bo‘limlarda zaxira omborxonalarini tashkil etishga e’tibor kuchaytirilgan. Buning uchun viloyat markaziy omborxonasida ham qo‘shimcha ehtiyot qismlar zaxirasi yaratilib, turli o‘lchamdagi quvur, karbid, payvandlash uchun zarur jihoz va boshqa ehtiyot qismlar mavsumga taxt qilib qo‘yildi.
Viloyatning tuman, shahar bo‘limlarida kuz-qish mavsumida gaz ta’minotidagi nosozliklarni bartaraf etish uchun avariya-dispetcherlik qismlari, doimiy navbatchilik guruhlari tashkil etildi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini tezda bartaraf etish uchun zaxira omborxonalari yaratilib, ular zarur material va ehtiyot qismlar bilan ta’minlandi. Barcha gaz to‘ldirish shoxobchalarida tayyorgarlik ishlari yakunlandi.

Oldingi sahifaVazir Oltinsoyda
Keyingi sahifaHamkorlik yangi bosqichda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tozalik — hammamizning burchimiz

Tabiat faqatgina go‘zalligi bilan emas, balki unga bo‘lgan munosabatimiz...

Vatan oldida va’da

Surxondaryoda yoshlar uchun yangi bosqich boshlandi. Prezidentimizning 2024-yil 15-noyabrdagi...

Yoshlar bandligi ta’minlanadi

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni hayotda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish...

Sherobod tajribasi ommalashadi

Ta’lim tizimida belgilangan eng muhim vazifalardan biri — maktabgacha...
KunTun
KunTun