“Qadriyatlar bebaho boyligimiz”

Date:

Qadriyatlar qo‘nim topgan manzil deganda, birdan xayol zarvaraqlaridan Boysun o‘tadi. Boshida boysuncha do‘ppi, ustida chakmon, beqasam choponlaru o‘tovlar, milliy hunarmandchilik manzillari ko‘z oldimizda gavdalanadi.

Shuning uchun ham milliy an’analar bo‘y ko‘rsatadigan “Boysun bahori” aynan shu yerda o‘tkazilib kelinayotir.
Boysun tumanidagi markaziy madaniyat uyida milliyligimizni aks ettirgan o‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan an’analarimiz targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Qadriyatlar bebaho boyligimiz” mavzusida tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Davlat Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirovalar ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari boysunlik ayollarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan kashta, do‘ppi, sochpopuklar va milliy choponlar ko‘rgazmalari hamda ularning tikilish jarayonlari bilan tanishdi.
Mehrdan yaralgan, nozik did bilan ishlangan osori-atiqalar, milliy hunarmandchilik buyumlari aks etgan ko‘rgazma davomida milliy raqs va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, targ’ibot tadbiriga jam bo‘lgan xotin-qizlar o‘zlari uchun motivatsiyalar oldi, desak mubolag’a bo‘lmas.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun