Qishloq xo‘jaligi korxonalariga qarz beriladi

Date:

Tumanlardagi uchrashuvlarda vohaning chekka va olis hududlarida yashovchi aholi vakillari orasida tomorqa xizmati ko‘rsatish istagida bo‘lgan talabgorlarni ko‘p uchratamiz. Kimdir ko‘chat , kimdir urug‘, boshqa biri esa o‘g‘it yetkazib berish  istagi borligini , kerak bo‘lsa ularni qanday, qachon ekish va parvarish qilishgacha ko‘rsatib, maslahatini ham ayamasligini bildirishadi. Faqat ish boshlashi uchun mablag‘ zarur.

Bu albatta ham tadbirkorga, ham aholiga naf keltiradigan yaxshi tashabbus. Quvonarlisi, endilikda bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlatimiz rahbari “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. (PQ–225-son, 27.04.2022 y.)

Qaror bilan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, 11 oylik imtiyozli davr bilan 300 milliard so‘m byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratildi. Bu nima degani, ssudalar qay maqsadlarga sarflanadi, dersiz.

Byudjet ssudasi hisobidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga – meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun moddiy-texnik resurslar, urug‘lik va ko‘chat yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish uchun, shuningdek, qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga, “Agroservis operator” DUKga – ekinlarni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun yillik 14 foizda qarz beriladi.

“Agroservis operator” DUK tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslar yetkazib berish, qarz shartnomasi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya davridan ortiq bo‘lmagan muddatga yillik 14 foizda amalga oshiriladi.

Mahsulot yetishtirishning hadisini olganlar, bunday imtiyozdan foydalaning, bilganlaringizni ishga solib, tadbirkorga aylanish imkoni bor sizda.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun