Pillachilikda yuqori o‘rindaligimiz rost

Date:

Jahonda pilla yetishtirish va xom ipak ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Xitoy, Yaponiya va Hindistondan keyin 4-oʻrinni egallaydi. Hozirgi kunda yetishtirilayotgan pilla respublikaning hamma pillakashlik korxonalarini toʻliq taʼminlash bilan birga uni chet elga sotish imkonini ham beradi.

Pillachilik Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Braziliya, Tayvan, Pokiston, Suriya, Turkiya, Ispaniya, Misr va boshqa mamlakatlarda rivojlangan. 

Ammo xorijliklardan qolishmay pilla yetishtirish vohamizda ham qizg‘in kechadigan jarayon.

Qishloq xo‘jaligida anchayin mirishkor tumanlardan hisoblanadigan Qumqo‘rg‘on pillachilikda ham ilg‘orlardan. Har yili 4 mavsumda pilla yetishtirib davlatga pilla rejasini ilk oldidan bajarib kelayotgan pillakorlar ham aynan shu maskanda istiqomat qilishadi.

Mart oyining oxirlari, aprelning boshlarida aholi xonadonlari va zvenolarga tarqatilgan ipak qurtlari mo‘yak o‘rashga ham ulgurib, mehnatlarni ko‘z-ko‘z etib, shunga yarasha barakali hosil ham xonadonlarga rizq olib kela boshladi.

Tumanda 2022-yil pilla mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish va pillachilikni yanada rivojlantirish maqsadida boqiladigan ipak qurti 3 912 qutini tashkil qiladi. Joriy pilla mavsumi uchun topshirilishi kerak bo‘lgan pilla hosil  rejasi 223 tona.  “Guliston” mahallasidagi “Agropilla” MCHJ pillakori O‘rozxol Saxanova  tomonidan birinchilardan bo‘lib pilla yetishtirildi.  Tuman hokimi R.Gapparov ildam pillakor O‘rozxol opa bilan uchrashib o‘z minnatdorchiligini bildirdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun