“Tashabbusli byudjet” tashlab qo‘yilgan emas

Date:

Tashabbusli yoki partisipator byudjetlashtirish — bu aholining tashabbuslarini hisobga olgan holda byudjet mablag‘larining muayyan bir qismini sarflash bo‘yicha ularning bevosita ishtirokida qarorlar qabul qilish hamda qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini kuzatish amaliyotidir.

Ushbu loyiha doirasida ko‘plab hududlarda yangi maktablar, zamonaviy inshootlar qad rostlayapti, ko‘chalar obod bo‘lib, yo‘llar ta’mirlanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bandixon tumanida joriy yilning aprel oyida jami 8 ta loyihalar g’olib deb topildi.

Ulardan 1600,0 mln. so‘mlik 2 tasini ichki yo‘llarni ta’mirlash, 655,0 mln. so‘mlik 2 tasini maktabgacha ta’lim tashkilotlarni ta’mirlash va jihozlash, 250,0 mln. so‘mlik 1 tasini tibbiyot muassasalarini moddiy texnikasini yaxshilash, 600,0 mlr. so‘mlik 2 tasini elektr tarmog’i tizimini yaxshilash, 600,0mln. so‘mlik 1 tasini boshqa turdagi loyihalar tashkil etadi.

Quvonarlisi, “Ochiq byudjet”da ishtirok etib, g‘olib deb topilgan loyihalar yuzasidan qanday amaliy ishlar boshlangani mutasaddilar nazoratida. Mablag‘ yutib olindi, endi buyog‘i bir gap bo‘lar, qabilida ish tutishga yo‘l qo‘yilmaydi. Belgilangan muddatda har bir loyiha amaliyotga tatbiq etiladi.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun