Aliment puli oldindan to‘landi

Date:

Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud organining 2019-yil iyun oyidagi sud buyrug‘iga asosan Normurod Misirovdan sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati muddatidan oldin tugatildi.
Davlat ijrochisi F.Eshqobilov tomonidan oila vakillarining murojaatiga asosan voyaga yetmagan farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment miqdori oldindan hisoblab berildi hamda aliment to‘lovchi qarzdor ota o‘z tashabbusi bilan farzandining moddiy ta’minoti uchun turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda 46 million so‘m aliment to‘lovini oldindan naqd pulda to‘lab berdi.
Shundan so‘ng, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati undiruvchining arizasiga asosan qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilinib, ish yurituvdan tugatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun