Kambag‘allikni qisqartirishga 20 trillion so‘m ajratiladi

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, jumladan, «2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
2025-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun yetarli miqdorda mablag‘ ajratilgan, shu jumladan, ish haqi, pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash hamda inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish ko‘zda tutilgan.
Loyihada aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish uchun Davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolinmoqda. Xususan, kambag‘allikni qisqartirishga 20 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligini kuchaytirish va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan choralar loyihada o‘z aksini topgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun