Oy Yerdan uzoqlashadimi?

Date:

Yerga yaqin obyektlarni o‘rganish markazi olimlari ma’lumotlariga qaraganda “Kichik Oy” deb atalayotgan 2024 PT5 asteroidi Quyosh tomon harakatlana boshlaydi. Qayd etilishicha, asteroid hozirda Yerdan 3,2 million kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu Oygacha bo‘lgan masofadan taxminan to‘qqiz baravar ko‘pdir. U hech qachon Yerga sayyoraning tortishish kuchi ta’siriga tushib qoladigan darajada yaqinlashmagan. Tadqiqotchilarning fikricha, obyekt ko‘p yillar oldin asteroid to‘qnashuvidan so‘ng Oy yuzasidan parchalanib ketgan katta tosh bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
Asteroid Quyoshning gravitatsiya kuchi vositasida tortib olinishidan oldin, yanvar oyida Yerga so‘nggi marta 1,7 million kilometr masofada yaqinlashishi kutilmoqda. Biroq, obyekt diametri taxminan 10 metr, ya’ni kichik o‘lchamga ega ekanligi uchun uni oddiy ko‘z bilan ko‘rishning imkoni yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun